TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Rossiyada politsiya xodimlari yakshanba kuni Tuvadagi qamoqqa olinganlarni vaqtincha saqlash joyidan qochib ketgan mahbuslarning oltitasini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk so‘zlariga tayanib xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 1987-yilda tug‘ilgan mahbuslardan biri Barun-Xemchikskiy tumani Kizil-Majalik aholi punkti yonida, 1989-yilda tug‘ilgan ikkinchi mahbus esa Ak-Dovurak shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan ushlangan.
Avvalroq izolyatordan qochib ketgan mahbuslarning to‘rttasi qo‘lga olingani haqida xabar qilingan edi.
Yakshanba kuni Tuvadagi vaqtinchalik saqlash izolyatoridan 9 nafar mahbus qochib ketgan edi. Ular qochishga urinib, politsiya xodimiga pichoq bilan hujum qilishgan. Oqibatda izolyatordan qochib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ta’kidlanishicha, qochib ketgan mahbuslar orasida talonchilik, bosqinchilik va salomatlikka qasddan og‘ir ziyon yetkazganlikda gumon qilinuvchilar ham bor.
GTA bandasi bilan bo‘lgan otishmaning videosi paydo bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 1 avgust kuni Moskva viloyat sudida jinoiy uyushma, GTA bandasining 5 nafar a’zosi sud binosidan qochishga uringan edi. Lift ichida ularni kuzatib kelayotgan huquqni saqlash organlar xodimlariga hujum qilib, ularnig qurolini olib qo‘ygan v qochishga uringan. Bo‘lib o‘tgan otishma natijasida OMON jangchisi va ikki nafar politsiyachi yaralangan. Uch nafar jinoyatchi yo‘q qilingan. Keyinchalik jinoyatchilardan biri shifoxonada vafot etgan.