Maxsus markaz transport tizimiga innovatsiya joriy etadi

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi transport va logistikani rivojlantirish sohasida muammolarni tizimli asosda o‘rganish hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hujjatga muvofiq, Markaz faoliyatining asosiy maqsadi transport va logistikani rivojlantirish sohasida muammolarni tizimli asosda o‘rganish hisoblanadi.

“Markaz transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etadi”, - deyiladi hujjat matnida.

Ustav bilan markaz faoliyatning asosiy funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Markazga transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.