TOShKENT, 12 apr – Sputnik. WhatsApp mutaxassislari yangi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshlashdi. Bu haqda RIA Novosti 9to5Google asosan xabar qildi.
Bu funksiya yordamida guruh chatlarini tark etmasdan guruhda yozilgan xabarlar haqida ogohlantirishlarni o‘chirish mumkin.
Ta’kidlanishicha, ayrim foydalanuvchilar guruh chatlariga qo‘shilgandan norozi ekanligini bildirishadi. Biroq ular chatni tark eta olmaydi, chunki boshqa suhbatdoshlar buni ko‘radilar.
Yangi funksiya yordamida foydalanuvchi chatda yozilgan yangi xabarlar haqida ogohlantirishni olmasdan guruhda qolishi mumkin.
Bundan oldin WhatsApp messenjerida qo‘shimcha funksiya paydo bo‘lagandi. Unga ko‘ra, foydalanuvchilar ruxsatisiz ularni guruh chatlariga qo‘shib bo‘lmaydi.
Aytilishicha, guruh chatlariga taklif faqat ro‘yxatda bo‘lgan kontaktlarni qabul qilish mumkin, boshqa barcha takliflar bloklanadi.