O‘n bir ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 apr – Sputnik.  Toshkentda 11 ming dollari davlat yuridik universitetiga evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bolalar yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar: Bosh prokuratura ota-onalar uchun eslatma tayyorladi

Xabarda aytilishicha, Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.G. 2018-yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.