TAShKENT, 11 apr - Sputnik. Toshkentda 34-yoshli tadbirkor Anvar Radjabovga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Biroz oldin mahalliy OAVlarga asosan Toshkentda 34 yoshli tadbirkor kaltaklangani va "Prokuratura ushbu holatni to‘liq nazoratga olmagani" haqida xabar bergan edik.
"8 apreldan 9-aprelga o‘tar kechasi tungi soat 1:30 lar atrofida Uchtepa tuman IIBga Toshkent shahar kasalxonasidan tan jarohati olgan kishi haqida xabar kelib tushgan.
Tergovgacha bo‘lgan tekshiru natijasida Uchtepa tumani 25 kvartalida joylashgan sobiq 2-sonli taksopark binosida joylashgan sexlar ishchilari orasida janjal bo‘lgani aniqlangan", - deyilgan xabarda.
“Shovqinni eshitib ishchilarni tinchlantirish uchun tadbirkor Anvar Radjabov ko‘chaga chiqqan. O‘shanda ishchilar tadbirkorga shikast yetkazgan. Janjalda qo‘shni sex ishchilaridan boshqa hech kim ishtirok etmagan. Chetdan hech kim tajovuz qilmagan”, - deyilgan IIBB xabarida.
Ushbu holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277 moddasining 2 bo‘limi “a”, “b, “v” bandlari bo‘yicha (bezorilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.