TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Rossiya Davlat dumasida sobiq deputat va sobiq Rossiya FSB (FXX) rahbari Nikolay Kovalovning yordamchisi o‘z ish xonasida jonsiz holatda topildi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasi ma’lumotiga tayanib xabar qilmoqda.
“Kovalovning yordamchisi Sergey Shamarin payshanba kuni o‘z ish xonasida vafot etdi”, - deya ma’lum qilgan agentlik suhbatdoshi.
Shuningdek, u Sergey Shamarinning vafot etishi sabablari ma’lum emasligini qo‘shimcha qilgan.
Nikolay Kovalov 5-aprel kuni 69 yoshida olamdan o‘tgan edi. 1966-1988 yillarda Rossiya FSBga rahbarlik qilgan. 1999-yildan buyon Davlat dumasi lavozimida faoliyat yuritgan.