TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Turkiyaning Antaliya shahri politsiyasi 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uch nafar erkakni o‘g‘rilik va ayollar libosi do‘konidagi manekenga nisbatan “axloqsiz xatti-harakatlar” uchun qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti Haberturk telekanaliga tayanib xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, do‘kon egasi ertalab makekenga kiydirilgan shuba yo‘qolganini ko‘rib, politsiya xodimlariga xabar qiladi. Politsiya manekenda ko‘plab barmoq izlari borligi aniqlaydi. Do‘konda o‘rnatilgan kuzatuv kamera yozuvlari o‘rganib chiqilgandan so‘ng uch nafar mahalliy aholi tunda do‘konga kirib, manekenga kiydirilgan libosni yechib olingani ma’lum bo‘ladi.
Telekanal xabariga ko‘ra, yosh yigitlar “manekenni o‘pib, unga shilqimliq qilishgan”.
Ushbu shaxslarning barchasi qo‘lga olingan. Hodisa sabablari ma’lum bo‘lgandan so‘ng ular politsiya nazorati ostida ozod qilingan. Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.