Sergelida qurilayotgan uylarning narxini tushirish bo‘yicha topshiriq berildi

Bosh vazir tomonidan tegishli mutassaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytirish hamda xonadonlar sifatini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. 11-aprel kuni Sergeli tuman hokimligida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Bosh vazir hududlarda o‘tkaziladigan sayyor majlislarga boshchilik qiladi

Bu haqda telegramdagi “Imtiyozli uy” kanali xabar qildi.

Yig‘ilishda Sergeli tumanida qurilgan imtiyozli uylarning narxi va sifati yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Bosh vazir tomonidan tegishli mutassaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytirish hamda xonadonlar sifatini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Bir oy muddatdan so‘ng Respublika komissiyasi xulosasi asosida qayta ko‘rib chiqilgan xonadon narxlari bo‘yicha ochiq, oshkora hisobot berilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimiyati Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joylar bo‘yicha bildirilayotgan e’tirozlar yuzasidan bayonot bergani haqida xabar bergandik. 

Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aholi manfaatlaridan kelib chiqib, qonun doirasida ushbu holatni ijobiy hal etish maqsadida tezkor ishchi guruh tuzilib, masala chuqur o‘rganilmoqda.