O‘zbekistonlik qariyb 4,4 mlrd so‘mlik sayg‘oq shoxlarini Rossiyaga olib chiqishga urindi

Jinoyatchi qo‘lga olingan va unga nisbatan Qozog‘iston JKning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga qariyb 200 million tenge (4,4 milliard so‘m)lik sayg‘oq shoxlarini noqonuniy ravishda olib o‘tishga urindi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar qildi.

Saudiya Arabistoni fuqarosi O‘zbekistonga yirtqich qushlarni olib kirishga harakat qildi

Xabarda qayd etilishicha, “Oral-Samara” yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilayotgan 49 yoshli o‘zbekistonlik chamadonida 148 dona sayg‘oqning yangi kesilgan shoxlari borligi aniqlangan.

Jinoyatchi qo‘lga olingan va unga nisbatan Qozog‘iston JKning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sayg‘oq, oqquyruq (Saiga tatarica) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon. Sayg‘oqning soni keskin kamayib ketganligi sabab ovlash man etilgan.