Qozog‘iston poytaxtida joylashgan vokzal nomi o‘zgartirildi

Qozog‘iston poytaxtida joylashgan “Ostona” nomli vokzal “Nur-Sulton” nomiga o‘zgartirildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Qozog‘iston poytaxtidagi “Ostona” temir yo‘l vokzali “Nur-Sulton temir yo‘l vokzali” nomiga qayta nomlandi.

Nazarboyevning qizi Qozog‘iston prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘yadimi?

Bu haqda tegishli qarorli respublika bosh vaziri Askar Mamin imzoladi.

“Qozog‘iston Respublikasi hukumati qaror qiladi: “Ostona” temir yo‘l vokzalini “Nur-Sulton temir yo‘l vokzali” nomiga o‘zgartirilsin”, - deyilgan hujjatda.

2017 yilda hukumat qarori bilan Ostona xalqaro aeroporti “Nursulton Nazarboyev” xalqaro aeroportiga o‘zgartirilgandi.

Bugun, Qozog‘istonda shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev fuqarolarga mamlakat telekanallari orqali murojaat qildi.

“Men Elbasi Nursulton Nazarboyev bilan maslahatlashdim, shuningdek, hukumat, parlament, Konstititutsion kengashi rahbarlari va partiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdim. Navbatdan tashqari saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror – juda zarur va muhim bo‘lgan qadam. Men 2019-yil 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qildim”, - dedi Tokayev jonli efir chog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi.