Ishonchsizlik tufayli oilani hatto din ham qutqara olmaydi: psixolog ajrashishlar haqida

Oilaviy psixolog Natalya Panfilovaning fikriga ko‘ra, erkak xorijiy davlatga ishlash uchun ketganda, er-xotin o‘rtasida kundalik hayotda paydo bo‘ladigan o‘sha kerakli muloqot va o‘zaro ishonch yo‘qoladi.
Sputnik

Bundan avval, O‘zbekistonda ajrashishlar soni ko‘paygani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. O‘tgan yil ko‘rsatkichi bilan solishtirilganda, shu yilda ajrashishlar soni 131 holatga ko‘p bo‘lgan. Statistikaga ko‘ra, shu yil yanvar-fevral oylarida 769 ta ajrashishlar qayd etilgan.

Oilaviy psixolog ajrashishlarning asosiy sabablaridan birini ma’lum qildi

Sputnik O‘zbekiston efirida “Baxtli oila” markazi psixologi Natalya Panfilova o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, umr yo‘ldoshlar bir-biridan uzoqda yashashi o‘zaro munosabatlarni buzilishiga olib keladi.

Birinchi navbatda oilani ajrashishdan din va oila qadriyatlari (asoslari) asraydi. Biroq yoshlar o‘rtasida ayriliq qanchalik cho‘zilsa, shuncha oila keyin birlashishi qiyinroq bo‘ladi.  

“Ko‘p yillar turmush qurgan, bir nechta farzandi bor oilalar uzoq muddatli ayriliqdan so‘ng tezroq birlashishi mumkin. Biroq, uzoq ayriliqdan so‘ng yosh oilalar juda tez ajrashib ketadi”, - deydi psixolog.

Psixologning fikriga ko‘ra, imkon qadar ko‘proq muloqot qilish kerak – yoshlar bir-biriga xayrli tun tilashi, kun davomida ko‘proq bog‘lanishi kerak, hatto turmush o‘rtog‘i erining uydan uzoqda qanday yashayotganini ko‘rishi uchun o‘ziga xos reportaj jo‘natib turishi kerak.

Ammo ijtimoiy tarmoq orqali muloqot bir-birini yaqinroq “his qilish” imkonini bermaydi. Buni qo‘shni davlatlarga ishlash uchun ketayotgan migrantlar hisobga olishi kerak.

Ishonchsizlik tufayli oilani hatto din ham qutqara olmaydi: psixolog ajrashishlar haqida