“O‘zkimosanoat” 2031-yilga qadar 23 ta yangi korxona quradi

“O‘zkimosanoat” 2030-yilga qadar umumiy qiymati 12 milliard dollar bo‘lgan 23 ta yangi korxona quradi.  
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. “O‘zkimosanoat” 2019-2030 yilllarda umumiy qiymati 12,072 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda aytib o‘tilgan.  

Qarorda, xususan, umumiy qiymati 10,3 milliard dollar bo‘lgan 23ta yangi korxona qurish va mavjud korxonalarni yangilashga qaratilgan, qiymati 1,78 milliard dollar bo‘lgan 8ta loyiha amalga oshirish nazarda tutilgan.

Ushbu investitsiyalarning 9,2 milliard dollari – kreditlar hisobidan, 1,748 milliard dollari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va 1,141 milliard dollari – O‘zkimosanoat mablag‘i asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.

2022 yilgacha O‘zkimosanoat korxonasi 3,1 mlrd $lik loyihalarni amalga oshiradi

Ma’lumot uchun, O‘zkimosanoat 2019-2026 yillar davomida xorijiy sarmoyalar yordamida yiliga MTO (methanol to olefins) texnologiyasiga asosan 1 million tonna olefin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Undan tashqari, O‘zkimosanoat 2020-yilga qadar "Navoiazot" va Mitsubishi Heavy Industries bilan birgalikda umumiy qiymati – 985,7 million dollar bo‘lgan, yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbomid  ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirishni rejalashtirigan.

Shu bilan birga 2025-yilda Navoiyda qiymati 1,55 milliard dollar bo‘lgan fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxona, Sirdaryoda ammiak va karbomid ishlab chiqaruvchi korxonalarni ishga tushirish ham rejalashtirilgan.