Toshkentda bir hafta ichida 24 ta “to‘xtash ta’qiqlangan” belgilari olib tashlandi

Toshkent ko‘chalarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Toshkentda Aprel oyining birinchi haftasida 24ta “to‘xtash ta’qiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlandi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Toshkentda avtomatik jarima to‘lash tizimini kiritishga hali erta – ekspert

Poytaxtda noo‘rin o‘rnatilgan yo‘l belgilarini o‘rganib chiqish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida Toshkentda YHXBB qoidani buzgan tartibda to‘xtab turgan transport vositalarini avtomatik ravishda qayd etishni boshlagan edi.

Ushbu videokamera quyidagi tartibda ishlaydi: maxsus avtomobil saloniga o‘rnatilgan kamera to‘xtab turgan avtomobillar joyi va davlat raqamlarini avtomatik ravishda qayd etadi. Oradan 5-10 minut o‘tib avtomobil xuddi shu yo‘nalishda takroran o‘tadi va to‘xtab turgan avtomobillar nomerlarini birinchi o‘tishda qayd etilgan nomerlar bilan solishtiriadi. Ikki martaba ham to‘xtab turgani qayd etilgan avtomobilga jarima yoziladi.