"Kemalar qabristonida" xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi

Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristonida” Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya, Daniya, Rossiya, Qozog‘iston va ukrainalik musiqachilar ishtirokida festival bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Ushbu yilning 23-24 avgust kunlari Mo‘ynoqda 7ta xorijiy va mahalliy musiqachilar, DiJeylar ishtirokida zamonaviy musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

“Tabiiy kuch” deb nomlangan ushbu festival Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan. Festival an’anaga ko‘ra, Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristonida” bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya, Daniya, Rossiya, Qozog‘iston va ukrainalik  musiqachilar, DiJey va produserlar ishtirok etish istagini bildirishdi.

Zamonaviy musiqa festivalida abstrakt elektro va embiyent musiqa hamda texno musiqa janrlarida kompozitsiyalar jaranglaydi.

Mo‘ynoq hokimiyati ichimlik suvi tanqisligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Eslatib o‘tamiz, ushbu festival ilk bor o‘tgan yilning sentabr oyida o‘tkazilgan edi. O‘shanda unga ishtirok etish uchun 200ga yaqin xorijiy sayyohlar va 5 mingga yaqin mahalliy aholi vakillari kelishdi. Festivalda “Goethe Institute”, “British Council”, “USAID”, “UNDP”  kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, festival munosabati bilan dunyoning qator OAVlarida, jumladan “The Times”, “The Guardian”, “Al-Jazeera”, “Lonely Planet”, “The Jakarta Post”, “The Arab News”, “Electronic Beats” kabi nashrlar, ushbu hududda sodir bo‘lgan tabiiy ofat muammosini yana bir ko‘tarib chiqishlari kutilmoqda.