Afsonalar jonlangan kecha: Termezdagi xalqaro baxshichilik festivalidan fotoreportaj

Sputnik

Tadbirda 20 ta davlatdan 58 nafar ijrochilar; 11 ta davlatdan 23 nafar konferensiya ishtirokchilari; 42 ta davlatdan 45 nafar mehmonlar; 18 davlatdan 25 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Xalqaro baxshichilik festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Serbiya, Turkiya, Ozarbayjon, Bolgariya, Belgiya, Rossiyaning Boshqirtiston hamda Xakasiya hududlari va boshqa davlatlardan mahoratli baxshiva doston ijrochilari ishtirok etishdi. Tadbirga 86 ta davlatdan xorijiy ishtirokchilar taklif etildi.

 Plash supermena.
Gollivud va baxshilar: g‘oyalar o‘g‘irlanganmi?

Festivalning Toshkent va Termiz shaharlarida faoliyat yurituvchi ishchi guruhlari (shtabi) tashkil qilindi. Bu guruhlar tarkibiga yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan ssenaristlar, rejissorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlar jalb etildi. 

Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga xorijiy ishtirokchilarning O‘zbekistonga tashrifi dasturi loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu dasturda  kechki paytlarda xorijiy va mahalliy ishtirokchilarning konsertlari tashkil etildi.

Xorijiy ishtirokchilarning O‘zbekistonga tashrifi dasturi loyihasi ingliz  va rus tillariga tarjima qilindi. Xorijlik mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun Termiz davlat universiteti  xorijiy filologiya fakulteti o‘qituvchilari  va talabalaridan 100 nafar (90 nafari ingliz va 10 nafari nemis tilida) tarjimonlar tayyorlandi.

Festivalning eng yorqin lahzalarini Sputnik fotoreportajida tomosha qiling.