Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘ladigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun bugun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shahnoza Mirziyoyeva Nukusda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan markazni ochdi

Qayd etishlaricha, prezidentning 2018-yil 1-noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik ko‘rilgan.

Qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tanlov qatnashchilari va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

"Folklor-etnografik chiqishlar, sayyohlik maskanlariga tashriflar, ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan. Festival 10-aprelgacha davom etadi", — deyilgan xabarda.