O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

2019 yil 8-aprel kuni Pekin shahrida Afg‘oniston masalasidagi navbatdagi O‘zbekiston-Xitoy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. 2019-yil 8-aprel kuni Pekin shahrida Afg‘oniston masalasidagi navbatdagi O‘zbekiston-Xitoy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralar Samarqandda o‘tkaziladi

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Den Siszun ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 31-mart kuni prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistondagi holat yuzasidan ham fikr almashildi.