O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida L. Kuppens xonim O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududni bezgakdan xoli qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e’tirof etgan.

O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2017-yilda O‘zbekistonda qizamiq va qizilcha kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e’tirof etgan bo‘lsa, endilikda esa mamlakat bezgakning mahalliy qayd etilishidan holi hudud sifatida tan oldi.