Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga doir qonun loyihasi tayyorlandi

Dvores forumov v Tashkente
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorladi.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorladi.

Vibori prezidenta Uzbekistana
Toshkentda propiska olib beradigan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi

Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Mazkur qonun 3 moddadan iborat. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 14-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 37-son, 375-modda; 2016 y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“3. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar – vasiy (homiy) va bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) shaxslar doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.”.

Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini zarur. 

Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlash Vazirlar Mahkamasiga yuklatilmoqda.