Poroshenko spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi

Ukraina prezidenti Potr Poroshenko jurnalistlar huzurida qon topshirdi. Shuningdek, shifokorlar uning peshobi va sochlarini tahlil uchun olishadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Ukraina prezidenti Potr Poroshenko “Olimpiyskiy” MSM dopingga qarshi markazida spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Yangi an’analarni joriy etamiz”, - degan Poroshenko Facebook᾽dagi jonli efir chog‘ida.

U jurnalistlar huzurida qon topshirdi. Shuningdek, shifokorlar uning peshobi va sochlarini tahlil uchun olishadi. Tahlillar bir necha soatdan so‘ng tayyor bo‘ladi.

Hammasi endi boshlanadi: Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi

Bundan tashqari, bugun "Yevrolab" klinikasida birinchi tur yetakchisi, prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan Vladimir Zelenskiy ham o‘z tahlillarini topshirdi.

Avvalroq Zelenskiy Poroshenkoning saylovlar ikkinchi turidan oldin debatlar o‘tkazish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini qabul qilgan edi. Zelenskiy debatlarni Kiyev stadionida va giyohvand moddalar va spirtli ichimlikka tahlil topshirgandan so‘ng o‘tkazish shartini qo‘ygan edi. Bu shartlarga Poroshenko o‘z roziligini bildirdi.

Ukraina prezidenti saylovlari 31 mart kuni o‘tkazildi. Ukraina MSKning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan nomzodlardan hech qaysisi yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Shuning uchun saylovlarning ikkinchi turi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ikkinchi turda 30,24 foiz ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy va 15,95 foiz ovoz to‘plagan Potr Poroshenko prezidentlik kursisi uchun o‘zaro kurash olib borishadi.