O‘zbekiston va Tojikiston Termizda nimalar haqida kelishib oldi?

Termiz shahrida ikki davlat bosh vazirlari rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Termiz shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Bosh vaziri Qoxir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralarining vakillari ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV.

Xabarda qayd etilishicha, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan majlisda so‘nggi yillarda ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlangan.

O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Termizda nimalarni muhokama qilishadi

Ta’kidlanishicha, o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik aloqalarining mustahkamlanib borayotgani xalqlarning tub manfaatlarini taminlashda muhim omil bo‘lmoqda. Shunga muvofiq chegaralar ochildi. Mamlakatlar o‘rtasida havo, temir yo‘l va yo‘nalishli avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi. Ikki qo‘shni davlat yetakchi korxonalari va ishbilarmon doiralarining o‘zaro manfaatli hamkorligiga xizmat qiladigan sanoat ko‘rgazmalari, biznes forumlar tashkil etildi. Bu ishlar ikki tomonlama uzoq hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yib, tovar almashish hajmining o‘sib borishida muhim o‘rin tutmoqda. Bularning barchasi davlatlar rahbarlarining yaqin qo‘shnichilikka asoslangan yuqori darajadagi faol aloqalari samarasidir.

O‘zbekiston va Tojikiston Termizda nimalar haqida kelishib oldi?

Tadbirda ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilindi.

“Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli kelishuv imzolandi.