Toshkentda 2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Jinoyatchi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Toshkentda 2-mutaxassislik uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkaziladi.

O‘zbekistondan 1,5 million dollar olib chiqib ketishning oldi olindi

Tadbir natijasida “Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali” MChJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O‘.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15.000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.