TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekistan 90 foiz obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga yo‘naltiradi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.
Ta’kidlanishicha, ushbu summa qariyb 900 million dollarni tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
“889,2 mln. AQSh dollari auksion orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi”, - deyiladi Adliya vazirligining rasmiy telegram kanalida.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, 20 mln. dollar “Agrobank” ATBga qarz sifatida beriladi. 89,9 mln. dollar esa “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga ssuda sifatida beriladi.
Mazkur mablag‘lar mamlakat va xalqning farovonligini yanada oshirish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.
2019 yil fevralda jahon moliya bozorlarida O‘zbekistonning 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10-yillik suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgan edi.