Toshkentda 67 yashar ayolni oshxonasida o‘ldirib ketgan qotil qo‘lga olindi

Siluet cheloveka s nojom v ruke
Mazkur qotillikni Chilonzor tumani yashovchi ayol sodir etganligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Toshkentda oshxonasidan jasadi topilgan ayolning qotili ushlandi.

Moskovskiy gorodskoy sud
Moskvada o‘zbekistonlik manyak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 30-mart kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashagan 67 yoshli ayolning jasadi uyi oshxonasidan bo‘yin qismida sanchilib-kesilgan jarohati bilan topilgan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani 19-dahada yashovchi A.A. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.