TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Osiyo Taraqqiyot banki 209-yilda O‘zbekiston YaIMi o‘sish miqdorini yanada oshirdi, deb xabar qildi RIA Novosti xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga asosan.
“2019 yilda O‘zbekiston YaIMi o‘sish sur’ati 5,2 %gacha oshadi. O‘tgan yil sentabrda ushbu ko‘rsatgich 4,9 % darajasida prognoz qilingan edi. Shuningdek 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodi o‘sish sur’ati 5,5 %ni tashkil qiladi”, - deyilgan OTB xabarida.
OTB 2018-yilda O‘zbekistond YaIM o‘sish sur’ati 5,1 % darajasida qayd qilgan edi. 2019-yilda esa O‘zbekiston iqtisodi o‘sishi asosan investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi va eksport hajmi o‘sishi hisobidan bo‘lishini aytilmoqda.
Xususan, mahsulot eksporti o‘sishi 10 %ga, 2020-yilda 12%ga oshishi kutilmoqda. Undan tashqari oltin narxi oshishi va tabiiy gazga Xitoy tomonidan talabning barqaror saqlanib qolishi ham YaIM o‘sishiga xizmat qilishi aytilmoqda.
Shu bilan birga inflyatsiya, kredit to‘lovlari oshishi va to‘lov balansi defitsiti kabi iqtisodiy xavflar ham albatta saqlanib qoladi, lekin biroz kamayadi.
Xususan, to‘lov balansi defitsiti hozirgi 7%dan 2020-yilga kelib 6,5 %ga, inflyatsiya esa 2018-yilda qayd etilgan 17,9 %dan, 2019-yilda – 16 %ga va 2020-yilda – 14 %ga tushishi mumkin, deyilgan hisobotda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida Xalqaro valyuta fondi ham O‘zbekistonda invetitsion faollik tufayli YaIM 5,5 %ga o‘sishini prognoz qilgan edi. O‘zbekiston hukumati esa 2019-yilda iqtisod o‘sishi 5,4 %, inflyatsiya 15,5 % miqdorida bo‘lishi kutmoqda.