TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Internet foydalanuvchilari antiqa chellenjni boshlashdi – ular avtomobil signalizatsiya ovozini chiqarishga harakat qilishmoqda.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli amerikalik Peyton Gibson #caralarmchallenge boshladi. Qiz Twitter akkauntida video joylashtirdi, unda o‘zining qobiliyatini “maxfiy iste’dod” deb atadi.
Rolik internetda virus kabi tarqalib ketdi. Qisqa vaqt ichida ushbu videorolik 7 million marta ko‘rildi.
Mushtariylar Gibson harakatlarini qaytarishga harakat qilishdi. Biroq hamma ham signalizatsiya ovozini takrorlay olishmadi.
Ayrim foydalanuvchilar o‘zlarining boshqa qobiliyatlarni ko‘rsatishdi. Bir qiz echki ovozini chiqara olishini ko‘rsatdi.
Boshqa foydalanuvchi esa, poyga bolid mashinasining tovushini namoyish qildi.