Zarafshonda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi  

Prezident Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, viloyat prokurori va soliq boshqarmasi rahbari ishtirokida Navoiy viloyatining uzoq ovullarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Zarafshon shahrida o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda  “Xalq bilan muloqt” guruhi administratori Mansur Abdusattarov.

Sayyor qabulda A.Usmonov bilan birga viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Bozorov, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

Oltita vazirlik va davlat idoralari rahbarlari Buxoroda sayyor qabul o‘tkazadi

Sayyor qabulda Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida istiqomat qiladigan 110 nafar fuqarolarning murojaati qayd etildi. Aholini tashvishlantirayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul shaxslar biriktirildi.

Shuningdek, qabul chog‘ida Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida jinoyatchilikning oldini olishda faollik ko‘rsatgan 4 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari raislariga kitoblar sovg‘a qilindi.

Undan tashqari Tomdi tumani “Aqtau” ovulida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda aholi tomonidan tshshgan 26 ta murojaatlar ijro uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.