AQSh sovuq urush davridagi strategiyaga qaytishga qaror qildi

Bu strategiyaga muvofiq, AQSh armiyasi qo‘shinlarni favqulodda harakatlanishi orqali raqib bilan kuchlar muvozanatini ushlab turishi kerak bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. Vashington sovuq urush davrida qo‘llanilgan - Yevropada o‘z qo‘shinlarini favqulodda kuchaytirish strategiyasiga qaytmoqda, deb xabar qildi AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy gazteasi bo‘lmish Stars and Stripes.

Amerika samolyotlari Rossiya chegarasi yaqinida razvedka olib bordi

"Endilikda qurolli kuchlar qo‘shinlarni kutilmaganda kuchaytirish san’atini qaytadan o‘rganib - Pentagonning "Kuchlardan jaddalik ila foydalanish" sifatida mashhur bo‘lgan yangi strategiyasiga moslashmoqda. Bu strategiyaga muvofiq, armiya qo‘shinlarning favqulodda harakatlanishi orqali raqib bilan kuchlar muvozanatini ushlab turishi kerak bo‘ladi", - deb yozadi nashr.

Stars and Stripes AQSh armiyasi piyodalar bataloni mart oyida Texasdan Polshaga o‘tkazilganini misol tariqasida keltirib o‘tgan. Bunday qarorlar sovuq urush davridagi - Sovet ittifoqiga qarshi turish strategiyasini eslatadi. O‘shanda strategiyaning asosiy xususiyatlaridan biri amerika bo‘linmalarining mobilizatsiyasi ularni oldindan ogohlantirmasdan amalga oshirish bo‘lgan.

"Bu muntazam ravishda kuzatiladi. Bizning har qanday raqiblarimizga, ular qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, bu kutilmaganda sodir bo‘ladi. Bu bizning milliy xavfsizligimiz uchun ham yaxshi. Hamma gap (raqibni - tahr.) jilovlab turishda va tayyorgarlikda (qo‘shinlar tayyorgarligida, - tahr.)", - deya iqtibos keltirgan nashr AQShning Yevropadagi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Jon Gronskidan.

Rossiya to‘rt yo‘nalishda urush boshlaydi, deya bashorat qildi Ukrainaning AQShdagi sobiq elchisi

Ilgariroq, Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Mixail Popov RF Mudofaa vazirligi nashri - "Krasnaya zvezda"ga bergan intervyusida, NATO o‘z qo‘shinlarini Rossiya chegarasi yaqiniga tashlayotgani haqida gapirgan edi. Popov so‘zlariga ko‘ra, alyans sovuq urush davrida amalda bo‘lgan - AQSh va Kanadadan qo‘shinlarni transatlantik ko‘chirish orqali kuchaytirish tizimini qayta tiklamoqda.

Popov xabariga ko‘ra, shiddat bilan "javob qaytaruvchi" alyans kontingenti soni ikki yil ichida 25 ming nafardan 40 ming nafarga oshgan.