Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan toshqin to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

Samarqandning qator ko‘chalarida 29-martda boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Samarqandning qator ko‘chalarida 29-martda boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.

FVV ma’lum qilishicha, yomg‘ir yog‘ishi natijasida Samarqand shahrining “Buyuk Ipak yo‘li”, “Afrosiyob”, “M.Qoshg‘ariy”, “Mir Said Baraka”, “Obi Rahmat”, “Muqimiy”, “O‘zbekiston”, “A.Temur”, “Konimex», “Mulon-Sochaki bolo” chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan toshqin to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

Xabarda yozilishicha, bundan tashqari, “Zarafshon” MFYdagi 8-uy, “Jomiy” ko‘chasidagi 48-uy, “M.Qoshg‘ariy” ko‘chasidagi 16-uy, 18B-uy, 20-uy, “Mir Said Baraka” ko‘chasidagi 73-uy, “Obi Rahmat” ko‘chasidagi 4-uy, “Muqimiy” ko‘chasidagi 31-uy, “Konimex” ko‘chasidagi 39-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan toshqin to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat “Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.