Olimlar qand kasalligiga chalinganlar uchun ozishning ajoyib usulini aytishdi

Kanadalik va yevropalik olimlar ushbu parhez samaradorligini boshqa turli parhezlar natijalari bilan taqqoslab ko‘rib, shunday xulosaga kelishgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Qand kasalligidan aziyat chekuvchilarning suyuq ovqat iste’mol qilishga o‘tishlari ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Bu haqda shifokorlar Diabetes Care jurnalida ma’lum qilishdi.

Qalampirni xush ko‘ruvchilar uzoq umr ko‘rishadi(mi)?

Jurnalda yozilishiga ko‘ra, suyuq ovqat iste’mol qilishga o‘tish qand kasalligidan aziyat chekuvchilarga oddiy  past kaloriyali parhezga qaraganda taxminan 2,4 kilogramm ortiqcha vazndan forig‘ bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, suyuq ovqat yuqori qon bosimi va metabolizm bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lishga  ko‘maklashadi.

Kanadalik va yevropalik olimlar ushbu parhez samaradorligini boshqa turli parhezlar natijalari bilan taqqoslab ko‘rib, shunday xulosaga kelishgan. Ular tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda mingga yaqin bemorlar ishtirok etgan.

Mutaxassislar ovqatga qattiq mahsulotlarni ishlatmaslikni tavsiya qilishgan