Tabiat mo‘’jizasi: ayol bir oyda ikki marta tug‘di

Birinchi farzand fevral oyining oxirida tug‘ildi, bir oydan o‘tgach, shu ayol yana o‘g‘il va qizni dunyoga keltirdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Bangladeshlik ayol birinchi farzandini tuqqach, 26 kundan so‘ng yana egizaklarni dunyoga keltiradi. Bu haqda AsiaOne nashri xabar qildi.

Rossiyalik shifokor ichki kiyimidagi fotosessiyasi uchun keskin tanqidga uchradi

20 yoshli Arif Sultona birinchi farzand fevral oxirida tug‘adi. Biroq bir oydan o‘tgach, 22-mart kuni yana shifoxonaga tushadi. Shifokor ko‘rigidan so‘ng, unda yana ikkita bola borligi ma’lum bo‘ldi.

U yerda yosh ona yana o‘g‘il va qizni dunyoga keltiradi. Sodir bo‘lgan holat mo‘’jizaga o‘xshaydi.

Shifokorlar ayolda noyob anomaliyani, ya’ni unda ikkinchi bachadon borligini aniqlashadi.

26 mart kuni Sultona shifoxonadan ikkita chaqaloq bilan uyga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘z qobiliyati bilan aqshlik ayol hammani hayratga solgandi. Bu ayol to‘qqiz daqiqa ichida olti nafar farzandni dunyoga keltirgandi.