Rossiya Qirg‘izistondagi aviabazasi uchun to‘lovni oshirdi

Rossiya Qirg‘izistondagi aviabaza uchun to‘lovni 4,5 million dollardan 4,79 million dollarga oshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Valdimir Putinning Bishkekka tashrifi doirasida Rossiyaning Qirg‘izistondagi harbiy bazasi haqidagi shartnomaga o‘zgarish kiritishga kelishib olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Rossiyaning Qirg‘izistondagi harbiy bazasi Respublika mudofaa imkoniyatini mustahkamlaydi va Markaziy Osiyo hududida muhim xavfsizlik omili bo‘lib xizmat qiladi”, - dedi Putin uchrashuv davomida.  

Rossiya va Qirg‘iziston kelajakda ham harbiy va harbiy-texnik sohada hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.

Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirg‘izistonda ko‘rishadi

Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov aytishiga qaraganda, tomonlar shuningdek, Rossiya harbiy bazasiga doir ayrim tashkiliy masalalarni ham muhokama qilishgan. Xususan, 2012-yilda imzolangan ijara shartnomasi qayta ko‘rib chiqildi.

Biroz oldin, normativ huquqiy hujjatlar portalida Rossiya Qirg‘izistonga harbiy baza ijarasi uchun to‘laydigan to‘lov miqdori 291 ming dollarga oshirilishi xabar qilinagn edi. Shunday qilib jami to‘lovlar miqdori yiliga 4,5 million dollardan 4,79 million dollarga yetdi.

Rossiyaning “Kant” harbiy bazasi Qirg‘izistonda 2003-yilning oktabr oyida ochilgan edi. Uning asosiy vazifasi KXShTning yerdagi operatsiyalarini havodan himoya qilib turishdir. Harbiy bazada Su-25SM samolyotlari va Mi-8MTV vertolotlari joylashtirilgan.