Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirg‘izistonda ko‘rishadi

Rossiya prezidentining davlat tashrifi “Ala-Archa” qarorgohida rasmiy uchrashuv marosimi bilan boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi.

Yangi limuzinni ilk bor Qirg‘izistonda ko‘rishadi. Prezident Bishkekda “Aurus” limuzinida yuradi.

Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirg‘izistonda ko‘rishadi

Hozirgi vaqtda Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Vladimir Putin va Sooranbay Jeenbekov tor doirada uchrashuv o‘tkazishmoqda.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari Rossiya-Qirg‘iziston mintaqalararo konferensiyada ishtirok etishi va yozuvchi Chingiz Aytmatovning muzey-uyiga tashrif buyurishi kutilmoqda.