Kreml Trampning Venesueladan yo‘qolish talabiga javob qaytardi

AQSh prezidenti Donald Tramp ilgariroq Rossiyadan Venesueladan qo‘shinlarni chiqarib ketishni talab qilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. Kreml Donald Trampning Venesueladan yo‘qolish talabiga javob qaytardi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Vaqti keldi: Guaido Maduroni “ag‘darish” sanasini belgiladi

AQSh dunyoning ko‘plab burchaklariga kirib borgan, ularga hech kim qayerda bo‘lish yoki bo‘lmaslikni ko‘rsatmaydi, Rossiya ham o‘zining ikkiyoqlama munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan huquqini hurmat qilishlariga umid qiladi, dedi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Donald Trampning Venesueladan ketish haqidagi chaqirig‘iga izoh berar ekan.

"Amerika Qo‘shma Shtatlariga keladigan bo‘lsak, ular dunyoning ko‘plab burchaklariga kirib borgan, ularga hech kim qayerda bo‘lish kerak-kerak emaslikni ko‘rsatib turmaydi. Shu bois, biz ham, deylik o‘zaro hurmatga umid qilishni xohlar edik - biz o‘zimizning hamda o‘sha biz munosabat o‘rnatmoqchi bo‘lgan davlatning manfaatlariga mos keladigan munosabatlarni quramiz va bunga boshqa davlatlar ham hurmat bilan qarashini xohlaymiz", - dedi Peskov jurnalistlarga.

U shuningdek, Moskva Venesuelaning ichki ishlariga aralashmasligini qo‘shimcha qildi va uchinchi davlatlar ham xuddi shunday qilishlariga umid bildirdi.