TOShKENT, 28 mar – Sputnik. MDH chegara qo‘shinlari Afg‘onistonning shimoliy chegarasi yaqinida xalqaro terrorchi tashkilotlarga taaluqli bo‘lgan 10 mingga yaqin jangarilar to‘planganini qayd etmoqda, dedi MDH Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari Kengashi ChQQK koordinatsion xizmati raisi Aleksandr Manilov, RIA Novosti xabariga asosan.
“Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning MDH chegarasiga yaqin bo‘lgan hududlarida 10 mingdan ortiq jangarilar to‘plangan. Chegaraning Tojikiston va O‘zbekiston bo‘lagida - vaziyat juda murakkab, Turkmaniston bo‘lagida – xavotirli”, - dedi Manilov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan majlis davomida.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda MDH ChQQKning 81- majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ukraina, Moldova va Turkmanistondan boshqa barcha MDH davlatlari chegara qo‘shinlari vakillari ishtirok etmoqda.