O‘zbekiston Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Kecha Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar shayligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida to‘satdan tekshiruv boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

26 mart kunidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar shayligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida to‘satdan tekshiruv boshlandi.

O‘zbekistonda qo‘shinlar jangovar shayligi yana to‘satdan tekshirildi

Xabarda ta’kidlanishicha, shu bois Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga kiruvchi — Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatlarining avtomobil yo‘llarida 27, 28 va 29-mart kunlari harbiy texnikalardan iborat kalonnalarning harakatlanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati mamlakat fuqarolaridan og‘ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi vaqtida ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida harakatlanadigan kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishlarini so‘raydi.