TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Rossiyaning “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash” jamoatchilik tizimi rahbari Konstantin Kroxmal, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda,
Mutaxassis aytishiga qaraganda, qonunni bugan holda to‘xtab turgan transport vositalarini qayd etish borasida o‘tkazilayotgan eksperimentlar juda to‘g‘ri, lekin dastlab avtomobil turar joylari, yo‘l belgilari hamda boshqa zarur infratuzilma muammolarini hal qilish kerak.
“Bunday choralar kiritishdan oldin, yetarlicha parkovka joylari barpo etish kerak. Masalan Toshkentda va boshqa ayrim shaharlarda “To‘xtash ta’qiqlangan” belgilari juda ko‘p. Bu haydovchilar uchun noqulaylik tug‘diradi. Moskvada esa bunday belgilarning ko‘pi “To‘xtab turish ta’qiqlangan” belgisiga almashtirilgan”, - deydi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, IIBB ma’lm qilishiga ko‘ra, Toshkentda 25-martdan boshlab, eksperiment tariqasida, qonunni buzgan holda to‘xtab turgan transport vositalarini mobil patrullar yordamida avtomatik jarimaga tortish tizimi ishga tushgan edi.
O‘zbekistonda ta’qiqlangan belgi ta’sir qilayotgan joyda to‘xtab turgan avtomobillar uchun jarma eng kam ish haqqining 3 baravari miqdori beligilangan.