Sevgi maktubi: o‘zbekistonlik ayol 19-asrda yasalgan zargarlik buyumini olib chiqishga urindi

Zargarlik buyumida Rossiya imperiyasi kumush tangalari ishlatilgan bo‘lib, uning dastlabki qiymati ming dollarni tashkil qilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Termez aeroporti bojxonachilari XIX asrda yasalgan zargarlik buyumini olib chiqishga bo‘lgan urinishni oldini olishdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tillani yutib uchmoqchi bo‘lgan shaxsning "parvozi" qoldirildi

Xabarda aytilishicha, Termiz aeroporti bojxonachilari “Termiz-Vnukovo” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro E.M.ni “yashil” yo‘lakdan harakatlanayotgan chog‘ida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazishdi.

Natijada, uning qo‘l yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, sevgi maktublarini solib yurishga mo‘ljallangan ayollar taqinchog‘i borligi aniqlandi.

“Ayollar ko‘krak taqinchog‘i XIX asr oxiri XX asr boshlariga mansub bo‘lib, qadimda ko‘ltiqtumor deb nomlangan. Kumush tangalar va sadaf bilan bezatilgan ushbu taqinchoqni ekspertlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega noyob buyum sifatida e’tirof etishdi”, - deb ma’lum qildi DBQ vakili.

Zargarlik buyumida Rossiya imperiyasi kumush tangalari ishlatilgan bo‘lib, uning dastlabki qiymati ming dollarni tashkil qilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda bojxona tekshiruvi o‘tkazilmoqda.