Tillani yutib uchmoqchi bo‘lgan shaxsning "parvozi" qoldirildi

Fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo‘laklarini olib o‘tish maqsadida yutib olgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.

Baxtsiz hodisa sirdaryolik erkakning umriga zomin bo‘ldi

Davlat bojxona qo‘mitasining xabar qilishicha,  “Toshkent-Amritsar” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo‘laklarini olib o‘tish maqsadida yutib olganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million so‘mlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tillani yutib uchmoqchi bo‘lgan shaxsning "parvozi" qoldirildi

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.