O‘zbekiston hukumati faoliyatiga doir muhim hujjatlar tasdiqlandi

Prezident hujjatlari loyihalari hamda kelishish uchun Prezident Administratsiyasiga yuborilgan Hukumat hujjatlari loyihalari Hukumat tomonidan har hafta, har oy va har chorakda batafsil o‘rganiladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Hukumat qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Aripov va Medvedev telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Mazkur hujjatlar Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Apparatning ustuvor vazifalari har yili Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda ham belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi Hukumat qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida tashkil etadi.

BAA tashrifi: 10 mlrd dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi

Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan hujjatlari qarorlar shaklida, tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari farmoyishlar shaklida qabul qilinadi.

Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining tadbirkorlik faoliyatiga oid hujjatlari muhokama qilinishi va belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri baholanishi kerak.

Prezident hujjatlari loyihalari hamda kelishish uchun Prezident Administratsiyasiga yuborilgan Hukumat hujjatlari loyihalari Hukumat tomonidan har hafta, har oy va har chorakda batafsil o‘rganiladi.

Shuningdek, Reglamentda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish, Vazirlar Mahkamasiga kiritish, qabul qilingan hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, jo‘natish, e’lon qilish va ijrochilarga yetkazish tartibi belgilangan.