O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqariladi

Korxona 2022-yilning 1-yanvarigacha yagona soliq to‘lovi va bir qator bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. O‘zbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Turkiyaning "Endüstriyel Elektrik Elektronik San. ve Tic. Ltd. Şti." kompaniyasi "Vip Solar Endustriyel Uz" qo‘shma korxonasini ishga tushiradi.

Prezident qarori loyihasida ta’kidlanishicha, ushbu qo‘shma korxona 200 MVt quvvatiga ega zamonaviy quyosh panellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

General Electric O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqaradi

"Vip Solar Endustriyel Uz" ustav kapitali 30,0 mln. dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, 2021-2023 yillar mobaynida korxona yordamchi asbob-uskuna, jumladan, invertor, kollektor va boshqa turdagi energiya tejovchi asbob-uskuna va texnologiyalar ishlab chiqaradi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, "Vip Solar Endustriyel Uz" qo‘shma korxonasi 2022-yilning 1-yanvarigacha yagona soliq to‘lovi va bir qator bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.