Samarqandda mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal qotillik bilan yakundi

Samarqand shahrida ayol o‘zaro janjal vaqtida norasmiy turmush o‘rtog‘ini pichoqladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Samarqand shahrida ayol o‘zaro janjal vaqtida norasmiy turmush o‘rtog‘ini pichoqladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, 24-mart kuni Samarqand shahri, Shiroq ko‘chasida yashovchi E.S. shahardagi Gagarin ko‘chasida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A.ning yashash uyida, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida, oshxona pichog‘i bilan M.A.ning yelka va qorin sohalariga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Yana pichoqbozlik: Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshini pichoqladi

Oqibatda, M.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda  dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.