Rossiya harbiylarining Venesuelaga tashrifi maqsadi ma’lum qilindi

Karakasga bortida 99 nafar rus harbiylari bo‘lgan ikki samolyot kelib qo‘ngan hamda 35 tonna yuk olib kelingan.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Shanba kuni Venesuela poytaxti Karakas shahridagi Mayketiya xalqaro aeroportiga Rossiyaning ikki samolyoti kelib qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti Karakasdagi manbasiga tayanib xabar qilmoqda.

Prankerlar Guaidoni chuv tushirishdi

Manbaning ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylari Venesuela vakillari bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish maqsadida tashrif buyurishgan.

Xabarda qayd etilishicha, manba bu hodisaning “hech qanday taajjubli” joyi yo‘qligini ta’kidlagan, chunki bu ikki davlat tomonidan ko‘p yillar ilgari imzolangan shartnomalarni amalga oshirish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

Venesuela amerikalik diplomatlardan mamlakatni 72 soat ichida tark etishlarini talab qildi

Avvalroq Venesuelaning qator yirik OAVlari, jumladan, NTN Karakasga bortida 99 nafar rus harbiylari bo‘lgan ikki samolyot kelib qo‘nganligi hamda 35 tonna yuk olib kelingani haqida xabar qilishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan edi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.