"China Cup-2019": O‘zbekiston Xitoy ustidan g‘alaba qozonib, bronzani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi "China cup-2019" xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvda Xitoyga qarshi maydonga tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi "China cup-2019" xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvda Xitoyga qarshi maydonga tushdi.

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1:0 hisobida Xitoy ustidan g‘alaba qozondi va 3-o‘rin sohibiga aylandi.

"China Cup-2019": O‘zbekiston milliy jamoasi Urugvayga yirik hisobda yutqazdi

Uchrashuvda Eldor Shomurodov 35-daqiqada raqib darvozaga to‘p kiritdi va bahsdagi yagona gol muallifiga aylandi.

"China cup-2019" xalqaro musobaqasi finalda Urugvay milliy jamoasi Tailand bilan o‘zaro bellashadi.

Xitoydagi turnir 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi bo‘ladi.