Baxtsiz hodisa sirdaryolik erkakning umriga zomin bo‘ldi

Sirdaryoda fuqaro o‘z uyida “Kamaz” rusumli yuk avtomashinaning yoqilg‘i bakini payvandlamoqchi bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Sirdaryoda fuqaro baxtsiz hodisa sababli vafot etdi.

Baxtsiz hodisa qashqardarolik ayolning umriga zomin bo‘ldi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 2019-yil 24-mart kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashagan G‘.Sh. uyida “Kamaz” rusumli yuk avtomashinaning yoqilg‘i bakini payvandlayotgan vaqtida ehtiyotsizligi tufayli yoqilg‘i baki yorilib ketgan.

Oqibatda fuqaro jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib bormoqda.