Samarqandlik ayol uch oylik o‘g‘lini 8 ming dollarga sotishga urindi

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Samarqandlik ayol o‘z farzandini Toshkentda sakkiz ming dollarga sotishga urindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

O‘zbekiston IIV tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida, 18-mart kuni ayol qo‘lga olingan. U Samarqand viloyati Narpay tumanida ro‘yxatda turgan va vaqtincha Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashab kelayotgan bo‘lgan.

"25 yoshli Sh.O. uch oylik o‘g‘lini O‘rtachirchiq tumanida 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi", - deyiladi xabarda.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.