Afg‘onistonda o‘ndan ziyod aholi aviazarba oqibatida halok bo‘ldi

Afg‘oniston mudofaa vazirligi juma kuni kechga yaqin o‘z saytida Qunduzda havoda va yerda davom etayotgan operatsiya vaqtida 58 nafar toliblar yo‘q qilingani va to‘rt nafar harbiy halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Afg‘oniston shimoli Qunduz provinsiyasida berilgan aviazarba oqibatida kamida 13 nafar jismoniy shaxslar halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali mahalliy aholiga tayangan holda.

Odamlarning boshi so‘roqsiz chopilgan: Afg‘oniston mojaxedlar changalida

Ularning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on va xorijiy kuchlar shanbaga o‘tar kechasi Qunduz shahri yaqinida havodan zarba berganlar. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar bor.

Afg‘oniston mudofaa vazirligi juma kuni kechga yaqin o‘z saytida Qunduzda havoda va yerda davom etayotgan operatsiya vaqtida 58 nafar toliblar yo‘q qilingani va to‘rt nafar harbiy halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Sal keyin vazirlik mamlakatning turli provinsiyalarida yana 29 jangari yo‘q qilinganini haqida xabar berdi.

Shu bilan birga idoralar bayonotlarida tinch aholi o‘rtasida qurbonlar borligi aytilmagan.