Qrim rahbari Poroshenkoning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarini "chivin chaqishi"ga o‘xshatdi

Ukraina prezidenti Potr Poroshenko 21-mart kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiyaga qarshi qo‘shimcha personal sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi
Sputnik

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Qrim respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Qrim Respublikasining RF prezidenti huzuridagi doimiy vakili Georgiy Muradov "Ukrainaning Rossiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalari Qrim hayotiga zarracha ta’sir etmaydi", dedi va Kiyev tomonidan ko‘rilgan choralar hatto "chivin chaqishidek emas" deya qo‘shimcha qildi.

Poroshenko Putin bilan "kasha pishirishni" istamasligini aytdi

"Sanksiyalar mutlaqo ta’sir kuchiga ega emas, ular chiqin chaqishidek ham ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bu sanksiyalar biz uchun hech ma’no anglatmaydi. Ukraina qila olishi mumkin bo‘lgan yomonlikni, ta’kidlab o‘taman, Ukraina emas, balki Ukrainaning xalqqa qarshi hozirgi millatchi hukumati  - allaqachon bajarib bo‘lgan. Lekin ular ukraina xalqiga va Ukraina davlatiga zarar yetkazishdan o‘zini to‘xtata olmayaptilar", - dedi Muradov.

Ukraina prezidenti Potr Poroshenko 21-mart kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiyaga qarshi qo‘shimcha personal sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi.

Poroshenko imzosiga asosan Rossiyaning Kerch ko‘prigi qurilishiga, Donbassda saylovlar o‘tkazilishiga va Azov dengizidagi hodisaga aloqador bo‘lgan 294 nafar yuridik va 848 nafar jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar uzaytirilgan.