TOShKENT, 21 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Zokir Sayfuddinov tayinladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari etib polkovnik Qodirjon Tursunov tayinlandi.
Polkovnik Qodirjon Tursunov bundan oldin Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga binoan joriy yilning fevral oyida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan general-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangan edi.