Shavkat Mirziyoyev Navro‘z kuni yoqqan yomg‘ir sinoati haqida gapirdi

Prezident bayram nutqi davomida 21-mart kuni tuni bilan, qolaversa ertalabgacha yog‘ib chiqqan yomg‘ir borasida ham to‘xtaldi.
Sputnik

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Bugun Toshkent shahrida "Humo Arena" majmuasida Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, tadbir davomida O‘zbekiston uchun 2019-yil nega albatta barakali kelishi haqida to‘xtaldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bu yil osh hammaga yetadi - Moskvadagi Navro‘z tantanasida 30 qozon palov damlanadi

Prezident bayram nutqi davomida 21-mart kuni tuni bilan, qolversa ertalabgacha yog‘ib chiqqan yomg‘ir borasida ham to‘xtaldi.

"Bayram kuni yoqqan yomg‘irda ilohiy kuch bor, Navro‘z kuni yomg‘ir yog‘sa, albatta, yilimiz barakali keladi. Mana shuning uchun bugungi niyatimiz ham, istaklarimiz ham amalga oshadi, yilimiz biz niyat kelgandek qutlug‘ keladi", - dedi Mirziyoyev hamda barchaga "hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin! Sharqona Yangi yilimiz – Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin", – deya tilak bildirdi. 

Davlat rahbarining bu so‘zlarini tadbir ishtirokchilari gulduros qarsaklar bilan kutib olishdi.

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z kuni yoqqan yomg‘ir sinoati haqida gapirdi

Mirziyoyev mehnatkash, matonatli, bag‘rikeng, Vatanga sadoqatli O‘zbekiston xalqiga farzandlik mehri bilan chin yurakdan ta’zim qilishini bildirdi.

"Humo Arena" sport majmuasi atrofi bayramona bezatilgan. Navro‘zga xos an’analar, xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi va dor o‘yinlari tashkil etilgan. So‘rilardagi dasturxonlarga bahoriy taomlar tortilgan.

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z kuni yoqqan yomg‘ir sinoati haqida gapirdi

Karnay-surnay sadolari yangrab, bayram shukuhi barchaga shodu-xurramlik bag‘ishladi.